![](/Muazzam.jpg) Oqburada suvlar emas qonlar oqdi, Eshigingiz mehmon emas ajal qoqdi. Uyingizni qay bemehr olchoq yoqdi. O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim Beshigida yonib ketdi go'dagingiz, Qaro erda yotar o'glon- tirgagingiz Toylar ko'rmoq edimi oh tilagingiz O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim Bobur Mirzo poyqadamin o’pgan hokim, Asli sherning Vatanida shoqol xokim. Shoqollarga ermak bo’lgan ikki turkim. O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim. Shahid ketgan novvoy, charhchi, bog’bonimsiz Qo’llari gul ustam- jannatmakonimsiz! O’sh - O’sh pirim bo’larmikin ayting sizsiz O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim. Mayna bo’ldi hatto ojiz mayitingiz, Itlar tegdi
o’tmay bitta Hayitingiz. Shu itlarni erkalatgan sizmidingiz? O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim. Go’ringizda tikkamisiz Chingiz og’am, Qavmingizga
qaydan buncha yuzsiz og’an? Asrlarga tattigandir
bu a’lam, g’am O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim. O’g’irlashib
ho’rlashganda kelin, qizni Qonab turgan qalbingizga bosing muzni, Qo’g’irchoqday o’ynatishar hali sizni O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim. Qochganingiz qay yurtlarda sig’indisiz, Arzon ishchi kuchimi, yo quvg’indisiz. Bog’u-rog’lar
kultepadir bugun sizsiz, O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim. O’shga qayting bo’lmasa ham imkoningiz, Bu muqaddas joylar ota makoningiz. O’z uyida tugilsin sher- sultoningiz! O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim. Oqburada
suvlar emas qonlar oqdi, Eshigingiz mehmon emas ajal qoqdi. Uyingizni qay bemehr olchoq yoqdi. O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim!
|