![](http://content.foto.mail.ru/mail/mibrohimova/_myphoto/i-1.jpg)
Oqburada suvlar emas qonlar oqdi,
Eshigingiz mehmon emas ajal qoqdi.
Uyingizni qay bemehr olchoq yoqdi.
O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim
Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim
Beshigida yonib ketdi go'dagingiz,
Qaro erda yotar o'glon- tirgagingiz
Toylar ko'rmoq edimi oh tilagingiz
O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim
Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim
Bobur Mirzo poyqadamin o’pgan hokim,
Asli sherning Vatanida shoqol xokim.
Shoqollarga ermak bo’lgan ikki turkim
O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim
Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim.
Shahid ketgan novvoy, charhchi, bog’bonimsiz
Qo’llari gul ustam- jannatmakonimsiz!
O’sh - O’sh pirim bo’larmikin ayting sizsiz
O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim
Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim.
Mayna bo’ldi hatto ojiz mayitingiz,
Itlar tegdi o’tmay bitta Hayitingiz.
Shu itlarni erkalatgan sizmidingiz?
O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim
Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim.
Go’ringizda tikkamisiz Chingiz og’am,
Qavmingizga qaydan buncha yuzsiz og’an?
Asrlarga tattigandir bu a’lam, g’am
O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim
Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim.
O’g’irlashib ho’rlashganda kelin, qizni
Qonab turgan qalbingizga bosing muzni,
Qo’g’irchoqday o’ynatishar hali sizni
O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim
Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim.
Qochganingiz qay yurtlarda sig’indisiz,
Arzon ishchi kuchimi, yo quvg’indisiz.
Bog’u-rog’lar kultepadir bugun sizsiz,
O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim
Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim.
O’shga qayting bo’lmasa ham imkoningiz,
Bu muqaddas joylar ota makoningiz.
O’z uyida tugilsin sher- sultoningiz!
O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim
Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim.
Oqburada suvlar emas qonlar oqdi,
Eshigingiz mehmon emas ajal qoqdi.
Uyingizni qay bemehr olchoq yoqdi.
O'z O'shiga sigmaganim o'shliklarim
Qon to'kmay, qon yiglaganim o'shliklarim!
|