Осмонимиз ҳамиша мусаффо бўлсин!
 Каталог статей
Главная » Статьи » Шеърият

Muazzam Ibrohimova. O’sh ko’chalari

Kimga so’ngi manzil bo’ldi bu ko’chalar,
Ko’z yoshlarga , qonga  to’ldi bu ko’chalar,
O’lgan bilan birga o’ldi bu ko’chalar.
Ko’chalarga  "Qaqshat” degan  nomlar bering,
"Vahshat” degan , ”Dahshat” degan  degan nomlar bering!
 
Chiqib  qarang  Sulaymon tog’ tepasiga,
A’za  to’ni  tashlangan  O’sh elkasiga
O’liklarin o’rab  o’zbek  ko’rpasiga
Ko’chalarga  "Sitam”  degan  nomlar bering,
"A’lam” degan, "Motam” degan nomlar bering!
 
Shu  ekanda, rizq  uzatgan qo’lni uzmoq,
O’z Vatanin bo’lishganni  uyin buzmoq,
Mana endi, qoralarni  qilmayin  oq,
Ko’chalarga    "Beburd” degan  nomlar bering
"Bemuruvvat ”, "Bequt”  degan  nomlar bering!
 
 
Nomin bering  Mels atalmish  zo’ringizni
Olam  tanir , odamho’r  u bo’ringizni,
"Yo’q!” desangiz  kavlab qo’yar  go’ringizni.
Ko’chalarga  "Zulm”  degan  nomlar bering
"Zolim” degan,  "O’lim” nomlar bering !
 
 
 
Qancha nomus  toptaldiya , qancha iffat,
Chimildiqmas,  go’rga  kirdi  necha  hilqat.
Sizdan hatto Shayton la’in qilar  nafrat.
Ko’chalarga   "Shahvat”  degan nomlar bering
"Gorat” degan  ”Ofat” nomlar bering
 
"Sartqa  o’lim  ” deb  bitilgan chor  devorlar,
Sharmisordir yog’sa ham-ki  oppoq  qorlar.
Asli  "sartga" to Qiyomat qarzi borlar,
Ko’chalarga  "La’nat” degan nomlar bering,
"Gaflat” degan, "G’urbat” nomlar bering !
 
Sizga  yotku, "Rahm”, "Shavqat ” degan nomlar,
"Mehr”,  "Rahmat”, "Oqibat”u  "Ehtirom”lar.
Toki davom etar ekan qatliomlar,
Ko’chalarga  "Kulfat” degan nomlar bering,
"Zulmat” degan  "Kufrat” degan nomlar bering!
 
 
O,z  do’stini  ko’k siga tig’ urgan siz-ku,
O’z  halqini  sartqa qarshi  qo’ygan siz-ku,
O’z  aybini boshqalarga  y o’ygan sizku!
Ko’chalarga  "Jarliq” degan bir nomlar bering ,
"Zo’raravonlik”,  "Zorlik”  degan nomlar bering!
 
O’zbeklarga  tor kelganda  zindoningiz,
Tilla bilan to’ldimikin humdoningiz,
El boshida tursa  agar nodoningiz,
Ko’chalarga   "Xasrat” degan nomlar bering,
Xavas  o’lsin, "Xasad” degan nomlar bering!
 
"Putin” degan  nom beribsiz cho’qqingizga,
Suratin ham chizib  qo’ying   ko’ksingizga.
Mana endi o’hshayapsiz o’zingizga,
Ko’chalarga  "Qo’rqoq” degan nomlar bering,
"Laganbardor”,  "Shaltoq” degan nomlar bering.
 
BTR da yurganlarmi –qahramonlar?
Mastu-alast, giyohvandu  beiymonlar,
Pul desangiz o’z  onasin sotar jonlar!
Ko’chalarga  "Notavon” deb nomlar bering,
Mayli  "Qirg’iz- qahramon” deb nomlar bering!
 
Tokay  bunda  qotillari qo’rqmay sang’ir
She’rlarimdan   hafa  bo’lmang  botsa  og’ir,
Shahid ketgan O’shliklarim haqqi ahir.
Ko’chalarga  "Qattol”  degan nomlar bering ,
"Beyuragu” , ”Battol”degan  nomlar bering!
 
Kimga so’ngi manzil bo’ldi bu ko’chalar…
Ko’z yoshlarga , qonga  to’ldi bu ko’chalar…
Категория: Шеърият | Добавил: Sultonbek (11.07.2011)
Просмотров: 772 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Пятница, 03.05.2024, 02:36
Приветствую Вас Мехмон
Главная | Регистрация | Вход
Facebookдаги адрес
Меъморий обидалар
Ўзбеклар Уюшмаси
Сайт бўйлаб излаш
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Copyright MyCorp © 2024
Сделать бесплатный сайт с uCoz